Medvedev AQShda fuqarolar urushi xavfiga ishora qildi
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev AQShda fuqarolar urushi xavfiga ishora qildi. U bu haqda TASS va RTga bergan intervyusida bildirdi.
Siyosatchiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar hozir ichki kelishmovchilik holatida. «Bundan tashqari, ziddiyatlar qaysidir ma’noda murosasiz, bunday mamlakat ichidagi mojarolar ko‘pincha fuqarolar urushi bilan tugaydi», dedi u.
Medvedevning fikricha, «AQSh o‘ziga xos davlatga aylandi», unda elitalar o‘rtasida ulkan kelishmovchilik mavjud.
«Konservativ respublikachilar va Demokratik partiyaning liberallari o‘rtasidagi bu to‘qnashuv Amerikani ikkiga ajratib qo‘ydi», - deya xulosa qildi u.
Avvalroq Alyaskaning sobiq gubernatori Sara Peylin, agar AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga nisbatan jinoiy ta’qiblar davom etsa, AQShda ikkinchi fuqarolar urushi boshlanishi mumkinligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter