«MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi rus askarlarini otib tashladi
Rossiyada askarlar urushga bormasidan o‘lmoqda. Belgorod viloyatidagi poligonda 11 kishi otib tashlangan. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi buni «terror hujumi» deb atadi.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi Belgorod viloyatidagi poligonda «terrorchilik hujumi» sodir etganini ma’lum qildi. Otishma natijasida 11 kishi halok bo‘lgan, yana 15 kishi yaralandi. Hujum qilganlar ham o‘ldirilgan. Hodisa urushga borishga qaror qilgan ko‘ngillilar bilan otishma mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan.
Safarbar qilinganlarning qarindoshlari orasidagi manba otishma Soloti qishlog‘idagi poligonda sodir bo‘lganini aytadi. Jurnalistlarga ko‘ra, uch nafar askar o‘q uzgan. Ulardan ikki nafari voqea joyida halok bo‘lgan, yana biri qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Rasmiy tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, askarlarga qarata o‘q uzgan «MDH davlatlaridan biri»ning fuqarolari tojikistonlik ko‘ngillilar ekani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter