Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDH davlatlarida yashovchi o‘zbekistonliklarga xorijga chiqish uchun biometrik pasport olish imkoniyati yaratildi

MDH davlatlarida yashovchi o‘zbekistonliklarga xorijga chiqish uchun biometrik pasport olish imkoniyati yaratildi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 1-martdan boshlab MDH mamlakatlarida istiqomat qiluvchi va konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston fuqarolari ushbu mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarida xorijga chiqish uchun biometrik pasport olishlari mumkin. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Fuqarolar xorijga chiqish uchun biometrik pasportni olish va qabulga yozilish (biografik ma’lumotlar va biometrik parametrlarni topshirish maqsadida) uchun consulate.mfa.uz veb-portali orqali elektron ariza to‘ldirishlari mumkin.

Shuningdek, vazirlik tomonidan chet el mamlakatlarida pasport rasmiylashtirish tizimini bosqichma-bosqich tadbiq etish ustida ish olib borilmoqda va uning natijalari to‘g‘risida vatandoshlar o‘z vaqtida xabardor qilinadi.

Bundan tashqari, 1-martdan boshlab ushbu veb-portalda konsullik ro‘yxatiga olish interaktiv tizimi joriy etilgan bo‘lib, buni fuqarolar masofadan turib O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga shaxsan kelmasdan amalga oshirish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring