MChJ hisobchisi tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m pulini qimorga tikib yubordi
Samarqand shahrida tadbirkorning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini qimor o‘yinlariga yutqazgan hisobchi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Ph.l.» MChJda hisobchi lavozimida ishlagan B.M. bank elektron kalitlaridan foydalanib, MChJning 6,4 mlrd so‘m mablag‘ini soxta ma’lumotlarni rasmiylashtirish orqali o‘zining nomiga ochilgan plastik kartalarga o‘tkazib olishga erishib, ushbu mablag‘larni internet tarmoqlaridagi qimor o‘yinlarida yutqazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter