Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maykl Jeksonning oilasi mojaroli ishda yutib chiqdi

Maykl Jeksonning oilasi mojaroli ishda yutib chiqdi

Foto: «Kolyan.net»

Amerikalik musiqachi Maykl Jeksonning merosxo‘rlari 2019-yilda «Neverlendni tark etib» filmini chiqargan HBO telekanaliga qarshi apellyasion da’voda yutib chiqishdi. Bu haqda «The Hollywood Reporter» xabar berdi.

Artistning vakillari HBO 1992-yilgi shartnomani buzganligini ta’kidladilar. Unga ko‘ra telekanal Jeksonning obro‘sini to‘kadigan materiallarni chiqarmaslik va’dasi evaziga «The Dangerous Tour» filmiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritgandi.

Sudda ta’kidlanganidek, musiqachi va telekanal o‘rtasidagi kelishuv o‘zaro bo‘lib, tuzilganidan, hatto, 28 yil o‘tgan bo‘lsa ham, qonuniy kuchini yo‘qotmaydi.

Den Ridning «Neverlendni tark etib» hujjatli filmi premerasi 2019-yil yanvarda bo‘lib o‘tgan. Filmda Ueyd Robson va Jeyms Seyfchak ismli ikki kishining 7 va 14 yoshida Jekson tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragani haqida hikoya qilinadi. Fevral oyida Jekson oilasi sharmandali film mualliflariga qarshi 100 million dollarlik da’vo qo‘zg‘adi.

Mart oyida Rid filmning davomini suratga olish niyati borligini e’lon qildi. Aprel oyida Maykl Jeksonning yaqinlari qo‘shiqchiga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etuvchi «To‘ppa-to‘g‘ri Neverlenddan» hujjatli filmida suratga tushishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring