Endi davlat organlari xodimlari maxsus mobil aloqadan foydalanadi
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» Telegram-kanali xabar berdi.
Farmonga muvofiq, Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi elektron hukumat sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda vakolatli organ etib belgilandi.
Axborot tizimlari, resurslari hamda dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha loyihalar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Agentlikda ekspertizadan o‘tkazilishi shartligi belgilandi.
Aloqaning maxfiyligi, tezkorligi, xavfsizligi va telekommunikatsiya xizmatlariga sarflanadigan budjet mablag‘larining tejalishini ta’minlaydigan hukumat mobil aloqasi tizimi joriy etiladi.
Ushbu tizim 2019 yil 1 apreldan boshlab davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun o‘z xizmat vazifalarini bajarishda foydalanish majburiy etib belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter