Maxsus kuchlar Atambayevni qo‘lga olish uchun yana harakat boshladi
Qirg‘iziston kuchishlatar tizimi vakillari sobiq prezident Almazbek Atambayevni qo‘lga olish amaliyotini boshladi.
Kecha tunda qilingan birinchi urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragandi.
Ayni damda Atambayevning Qo‘ytoshdagi qarorgohida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘nlab avtobuslari turgani ma’lum qilingan.
Sobiq qirg‘iz lideri tarafdorlarining aytishicha, kuchishlatarlar ularga nisbatan svetotovushli granatalar, o‘qlardan foydalangan.
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Almazbek Atambayevning qo‘lga olishi operatsiyasida sobiq prezident tarafdorlari ayollar va bolalardan «tirik qalqon» sifatida foydalanishda ayblab chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter