Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat: matematika va informatika bo‘yicha ajoyib grant dasturi e’lon qilindi

Diqqat: matematika va informatika bo‘yicha ajoyib grant dasturi e’lon qilindi

Matematika va informatika sohasida yangi talantlarni kashf etish, ularni xalqaro olimpiadalarga olib chiqish, kelajak kadrlarini tayyorlash uchun yangi grant e’lon qilindi.  IMO va IOI kabi xalqaro olimpiadalarga bolalarimizni olib chiqish asosiy maqsadlardan biridir.

Loyiha butun O‘zbekistondan 7, 8, 9 sinf o‘quvchilari uchun tashkil qilingan.

Saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

Matematika yo‘nalishi:

1. Birinchi bosqich: 30 test ikki soat vaqt beriladi. (Offlayn tarzda har bir viloyatda olib boriladi)

2. Ikkinchi bosqich: suhbat va masala ishlash. (Offlayn tarzda Toshkentda o‘tkaziladi)

Informatika:

1. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (onlayn tarzda butun respublika bo‘ylab olib boriladi)

2. 15 ta informatik masala ikki soat vaqt (offlayn tarzda Toshkent shahrida o‘tkaziladi)

Loyiha g‘oliblari nimaga ega bo‘lishadi:

• Aynan IMO va boshqa xalqaro musobaqalarda medal olgan, yillar davomida o‘quvchilarni turli olimpiadalarga tayyorlab kelayotgan o‘qituvchilardan bepul ta’lim olishadi. Darslar haftada olti kun olib boriladi.

• Ular GP 200 a’zosiga aylanishadi va Toshkent shahridagi nufuzli maktablardan biridan mutlaqo bepul o‘qishadi, loyiha a’zolari uch yulduzli mehmonxonada yashashadi, ularning yashash, yeb-ichish, hatto kiyim-kechak xarajatlarigacha barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.

• Xalqaro olimpiada uchun saralash bosqichidan o‘tgan o‘quvchilarning aviachipta, olimpiada o‘tkazilayotgan davlatda yashash xarajatlarining ham barchasi homiylar tomonidan qoplanadi.

• IMO, IOI olimpiadasida medal olish darajasiga borgan o‘quvchilarni dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish uchun 100 foizlik grandni qo‘lga kiritishadi.

Bu loyihada kimlar qatnashishi mumkin:

Asosiysi matematika va informatikaga qiziqishi, talanti bor, o‘zining buyuk ishlarga qodir ekanligini tushunib yetgan, bilim olishga chanqoq 7,8,9 sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Loyiha bosh tashabbuskori: asaxiy.uz internet-do‘koni

Loyihada ishtirok etish uchun qo‘yidagi havola formasi to‘ldirishi shart.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring