«Mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi» – Kogonda o‘quvchilar YTHga uchragani rasman tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi Buxoro viloyati Kogon tumanida sodir bo‘lgan YTHda maktab o‘quvchilari jabrlanganini rasman tasdiqladi.
Vazirlikka ko‘ra, hodisada tumandagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab o‘quvchilari jabrlangan. Ular 2 ta avtobusda Buxoro shahridagi viloyat musiqali drama teatriga borayotgan chog‘ida avtohalokatga uchragan hamda bir o‘quvchi voqea joyida vafot etgan.
Jarohatlangan o‘quvchilar (IIV JXD YHXX ma’lumotiga ko‘ra 25 nafar, -tahr.) Buxoro va Kogon shaharlari hamda Kogon tumanidagi tibbiyot muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilyapti.
«Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, voqeaga javobgar tizim mas’ullariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda tegishli choralar qo‘llaniladi», – deyiladi vazirlik munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, «Xabar.uz» bir muddat oldin teatrga borish uchun yo‘lga chiqqan o‘quvchi qizlardan birining guvohligini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter