Mas’ul xodimlarga baho qo‘yib boriladi
«Davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida samaradorlik va natijadorlikning asosiy ko‘rsatkichlari hamda ularning faoliyatini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3241, 10.06.2020-y.).
Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, vakolatli organlar tomonidan mas’ul xodimlarning faoliyati yiliga kamida bir marotaba samaradorlik va natijakorlikning asosiy ko‘rsatkichlari asosida baholab boriladi.
Quyidagilar mas’ul xodimning davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
- belgilangan muddatdan oldin ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
- vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha tashabbuskorlik;
- belgilangan muddatdan kechiktirilib ko‘rsatilgan davlat xizmatlari soni;
- mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga foydalanuvchilardan kelib tushgan shikoyatlar soni;
- mas’ul xodim tomonidan ko‘rsatilgan davlat xizmati yuzasidan vakolatli organga kiritilgan taqdimnoma hamda mas’ul xodimga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy javobgarlik choralari soni.
Baholash vakolatli organ rahbarining buyrug‘i bilan 3 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya tomonidan hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasiga qadar amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter