Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-aprel hazili qimmatga tushdi

1-aprel hazili qimmatga tushdi

Foto: «NV.ua»

«Tesla» kompaniyasining aksiyalari Elon Maskning 1-aprel kungi hazilidan so‘ng, Nyu-York fond birjalari savdosida 5,1 foizga tushib ketdi. Bir kun ichida har bir qimmatli qog‘ozning narxi 252 dollarga arzonlashdi, deb xabar beradi «NV.ua».

1-aprel, yakshanba kuni «Tesla» bosh ijrochi direktori Elon Mask o‘zining mikroblogida kompaniya bankrot bo‘lganligi haqida post yozib, surat joylashtirgan edi. U «Tesla» «mutlaq bankrot bo‘ldi» deb yozgandi.

«Moody’s» xalqaro agentligi esa avtomobil ishlab chiqaruvchining likvidligi yetarlicha emasligini ta’kidlab, «Tesla» reytingini pasaytirgan.

Shu bilan birga, tahlilchilar Mask «Tesla» 1-aprelda hazillasha oladigan darajada moliyaviy barqarorlikka ega» ekanligiga ishonmoqda. Mutaxassislar Elon Mask «Tesla» kompaniyasining moliyaviy vaziyati va ishlab chiqarish jarayonining yuqoriligini inobatga olmasdan turib hazilalshmagan bo‘lardi, deya ta’kidlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring