Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur xaker og‘ir kasallikdan vafot etdi

Mashhur xaker og‘ir kasallikdan vafot etdi

Kiberxavfsizlik bo‘yicha taniqli tadqiqotchi Kevin Mitnik vafot etdi. Bu haqda  The New York Times marhum tomonidan asos solingan Mitnick Security Consulting va KnowBe4 vakillariga asoslanib xabar bermoqda.

Mitnik 59 yoshida Las-Vegasda oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi. Mutaxassis uning tashxisi haqida 2022-yilda bilgan.

Umrining so‘nggi yilida Mitnik Pittsburg universiteti tibbiyot markazida davolandi.

Mitnik 90-yillarda bir qator yuqori darajadagi kiberjinoyatlar bilan tanilgan. U telekommunikatsiya kompaniyalari va universitetlar tarmog‘ini buzib kirgan, kredit karta ma’lumotlarini o‘g‘irlagan, shuningdek, firibgarlik bilan shug‘ullangan. Xususan, u Santa Cruz Operation dasturiy ta’minoti hamda Motorola va Nokia tizimlaridagi o‘g‘irliklarda ham ayblanadi. 

Mitnik 1995-yilda AQSh razvedka idoralari tomonidan hibsga olingan va besh yilga qamalgan. Ozodlikka chiqqandan so‘ng u axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis sifatida qayta tayyorlandi va shu sohada tan olingan mutaxassisga aylandi va qator kompaniyalarga asos soldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring