Mashhur qo‘shiqchi ijodiy tanaffus e’lon qildi — talaba bo‘lmoqchi
Mashhur xonanda Adel ijodiy faoliyatida tanaffus e’lon qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Adel ingliz adabiyoti bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lish uchun tahsil olmoqchi.
«Vegasdan so‘ng (konsertni nazarda tutyapti — tahr.) ingliz adabiyoti bo‘yicha daraja olishni juda ham xohlayapman. Agarda xonandalikda ishlarim yurishmaganida, aniq o‘qituvchilikni tanlardim. Ingliz adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lishni orzu qilganman», — dedi qo‘shiqchi.
Adel maktabni bitirganidan so‘ng universitetda o‘qimaganidan afsusda ekanini yashirmadi. Aytishicha, onlayn orqali o‘qib, 2025-yilda diplomni qo‘lga kiritish niyatida.
Ma’lumot uchun: Adel — jahonning eng taniqli xonandalaridan. 15 marta «Gremmi» mukofotiga sazovor bo‘lgan, «Yil albomi», «Yil yozuvi» va «Yil qo‘shig‘i» nominatsiyalarida ikki marta g‘olib bo‘lgan ilk xonanda. Uning ijrosidagi «Skyfall» qo‘shig‘i «Oskar» va «Oltin globus» bilan mukofotlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter