Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mash’al» bosh murabbiyini urgan rasmiy bir yilga futboldan chetlatildi

«Mash’al» bosh murabbiyini urgan rasmiy bir yilga futboldan chetlatildi

Videodan skrinshot.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumki, superliganing 16-turi doirasidagi «Metallurg» — «Mash’al» uchrashuvi (1:2) yakunlangach, «Metallurg» jamoasi rasmiy vakili Shavkat Saidov o‘zini noprofessional tutgan holda, agressivlik bilan «Mash’al» bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovning ko‘krak qismiga mush bilan zarba bergandi.

Bu holat ko‘pchilikning qattiq noroziligiga sabab bo‘ldi. 

Ushbu xatti-harakati uchun Shavkat Saidovga bir yil muddatga futbol oid har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Yig‘ilishda yana bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan jazolar belgilandi:

Superliga 16-turi doirasidagi «Metallurg» — «Mash’al» uchrashuvi yakunidan so‘ng «Metallurg» futbol klubi a’zolari stadionda ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarib, hakamlar sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatdi. «Metallurg» futbol klubi uchrashuvda tartib-intizomni ta’minlamagani, maydon va uning atrofida vujudga kelgan tartibsizliklarning oldi olinmagani uchun jazolanadi va klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring