Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokash politsiyasi o‘qituvchilar namoyishini tarqatib yubordi

Marokash politsiyasi o‘qituvchilar namoyishini tarqatib yubordi

Foto: «Zerkalo.az»

Marokashda o‘z mehnat sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan minglab o‘qituvchilar 24-mart kuni namoyishga chiqishdi. Bu haqda «Al Jazeera» o‘z manbalriga asoslanib xabar tarqatdi.

Parlament oldida to‘plangan 15 ming nafar namoyishchi va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Suv purkagichlar qo‘llanilishi oqibatida namoyishchilar chekinishga majbur bo‘lgan.

Namoyishchilar hukumat oldiga o‘qituvchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, pensiyaga chiqishini kafolatlash kabi talablarni qo‘ygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring