Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy Osiyoda ilk bor: GSMA M360 Eurasia 2025 xalqaro forumi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyoda ilk bor: GSMA M360 Eurasia 2025 xalqaro forumi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston ilk bor global GSMA M360 Eurasia 2025 sammitiga mezbonlik qiladi. Bu yillik tadbir mobil aloqa operatorlari, telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchilari va qit’a investorlarini birlashtiradi. Sammitga VEON Group tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan homiylik qilmoqda.

GSMA M360 Eurasia 2025 O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, «Beeline Uzbekistan» va VEON Group hamkorligida 21-22 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Sammit O‘zbekistonning mintaqaviy texnologik markaz sifatidagi o‘rnini mustahkamlab, raqamli texnologiyalar sohasidagi eng muhim xalqaro tadbirga aylanadi. 2024 yilda Bokuda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng, Toshkentdagi forumga xalqaro miqyosda yuqori darajadagi qiziqish kutilmoqda.

Sammit mintaqaning raqamli transformatsiyasini muhokama qilish uchun muhim platformaga aylanadi. Yetakchi mutaxassislar va soha rahbarlari Yevroosiyoning raqamli kelajagini belgilaydigan eng muhim mavzularni — mobil tarmoqlarda sun’iy intellektni rivojlantirishdan 5G texnologiyalarini joriy etishgacha, shuningdek, mintaqalarning iqtisodiy salohiyatini yuzaga chiqarish strategiyalarini muhokama qiladilar. Asosiy sessiyalar qatorida investitsiyalarni jalb etish va kengaytirishga tayyor raqamli iqtisodiyotni yaratishga bag‘ishlangan «Igniting Mobile Investment» hamda milliardlab ulangan qurilmalarning ekologik samaradorligiga qaratilgan «Scaling Smart» sessiyalari o‘tkaziladi. Yangi raqamli xizmatlarni joriy etish uchun zarur bo‘lgan kiberxavfsizlik va tarmoqlararo hamkorlik masalalariga alohida e’tibor beriladi.

M360 Eurasia 2025 doirasidagi muhokamalar va uchrashuvlar raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish hamda telekommunikatsiya va IT sohasida muhim xalqaro kelishuvlarga erishishga yordam beradi. Ishtirokchilar ushbu sohalarga investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadigan strategik hamkorlik va bitimlar tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Asosiy ma’ruzachilar orasida — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov; Vivek Badrinatx, GSMA bosh direktori; Kaan Terzioglu, VEON bosh direktori; Andrey Pyataxin, Beeline Uzbekistan bosh direktori, shuningdek, Google, Mastercard, Azercell va boshqa ko‘plab global kompaniyalar rahbarlari.

«Forumning Toshkentda o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti olib borayotgan uzoqni ko‘zlovchi siyosatning mantiqiy davomi va aniq ifodasidir. Bizning asosiy maqsadimiz - mamlakatni mintaqaviy IT-xabga aylantirish hamda butun Markaziy Osiyoning iqtisodiy o‘sishiga xizmat qiladigan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish markaziga aylanishdir. Shu bois, O‘zbekiston hududida sohaning xalqaro rejalari va global tendensiyalarini muhokama qilish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. M360 Eurasia 2025 anjumanini qabul qilar ekanmiz, uning yechimlaridan foydalanib, Yevroosiyoning raqamli kelajagi yetakchilaridan biri sifatida mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlashni maqsad qilganmiz», — dedi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

«GSMA assotsiatsiyasi O‘zbekistonni joriy yilda M360 Eurasia sammitini o‘tkazish mamlakati sifatida tanlagani biz uchun katta sharaf. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan M360 Eurasia 2025 forumi mintaqadagi telekommunikatsiya sohasi uchun muhim voqea bo‘lishi shubhasiz. Raqamli innovatsiyalar jadal rivojlanayotgan mamlakat - O‘zbekiston uchun sammitni o‘tkazish shunchaki nufuzli imkoniyat emas. Bu oldinga yana bir muhim qadam tashlash, raqamli transformatsiya sohasidagi yutuqlarni namoyish etish va bozorga yangi ishtirokchilarni jalb qilish imkoniyatidir», — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.

M360 Eurasia 2025 forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlangan. Biz hukumat vakillari, tadbirkorlar va soha ekspertlarini ushbu nufuzli tadbirga taklif etamiz.

GSMA haqida

GSMA — bu mobil ekotizimni birlashtiradigan global tashkilot bo‘lib, innovatsiyalarni topish, rivojlantirish va joriy etish uchun ishlaydi, bu esa samarali biznes muhitlari va ijtimoiy o‘zgarishlarni yaratishga asos bo‘ladi. Bizning maqsadimiz odamlar, sanoat va jamiyat farovonligi uchun aloqaning butun kuchini ochib berishdan iborat. GSMA mobil operatorlarini, mobil ekotizim tashkilotlarini va unga yaqin sohalarni namoyish etadi va o‘z faoliyatini uchta asosiy yo‘nalishda amalga oshiradi: "Yaxshilik uchun aloqa", «Tarmoq xizmatlari va yechimlari» va «Ma’rifiy faoliyat». Ushbu faoliyat ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan tartibga solishni ilgari surish, mobil sohaning ishlashini ta’minlaydigan texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mobil ekosistemani MWC va M360 seriyasidagi tadbirlarda birlashtirish uchun dunyodagi eng yirik platformani taqdim etishni o‘z ichiga oladi.

Beeline Uzbekistan haqida

«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1.9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SBning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring