Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlarining nabiralari haqida bilasizmi?
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining barchasining nabiralari bor. Ularning aksariyati allaqachon voyaga yetgan va siyosat yoki biznes bilan shug‘ullanishmoqda.
Avvvalroq, prezidentlarning farzandlari haqida ma’lumot berilgandi. «Sputnik Qirg‘iziston» yetakchilarning nabiralari haqida maqola tayyorladi.
Qozog‘iston
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘n nafar nabirasi bor, ularning eng kenjasi 2018-yilda dunyoga keldi.
Nazarboyevning katta nabirasi, qizi Dariga Nazarboyevaning o‘g‘li 33 yashar Nurali Aliyev biznes bilan shug‘ullanadi. Uning qo‘l ostida banklar bor, shuningdek IT-texnologiya rivoji bilan shug‘ullanuvchi kompaniya egasi sanaladi. 2014-2016-yillarda Ostona shahri hokimi vazifasida ishlagan. Hozirda 4 nafar farzandi bor.
28 yoshli Aysultan Nazarboyev esa Britaniya qirolligi harbiy akademiyasi bitiruvchisi sanaladi. O‘z vaqtida Qozog‘iston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti ham bo‘lgan.
Qirg‘iziston
Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekovning ikki nafar farzandi bor, faqat qizi turmushga chiqqan bo‘lib, o‘g‘li maktab o‘quvchisidir. Prezidentning bir nafar nabirasi bor.
Tojikiston
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning to‘qqiz farzandidan aksariyati o‘z sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Lekin ularning farzandlari haqida ma’lumotlar deyarli yo‘q. Faqatgina 2017-yil oxirida Emomali Rahmonning nabiralaridan biri So‘g‘d viloyati hokimining nabirasiga turmushga chiqqani ma’lum.
Turkmaniston
Gurbanguli Berdimuhammedov uch qizi, bir o‘g‘li bor. Shuningdek o‘g‘li Serdarning uch qizi va bir o‘g‘li bor. Nabiralarining umumiy soni ma’lum emas.
Berdimuhammedov nabirasi Kerimguli bilan hatto birga qo‘shiq kuylaydi.
O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning besh nafar nabirasi bor. Prezidentning ikki nafar qizi bor, o‘g‘li maktab o‘quvchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter