Markaziy bank to‘lov tashkilotiga jarima soldi va boshqalarini ogohlantirdi
Markaziy bank nazorat qo‘mitasi yig‘ilishlarida turli to‘lov tashkiloti va ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlar bo‘yicha ogohlantirilgan.
BRIO GROUP MChJ (OSON) to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini ko‘rib chiqish bo‘yicha muhokamalarda 16 ta masala ko‘rildi. Xususan, kredit tashkilotlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir talablarga rioya etilishi, Markaziy bankning prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga doir masalalar tahlil qilindi.
Natijada 1 ta mikromoliya tashkilotini reyestrdan chiqarish masala ko‘rildi va 9 ta tijorat banki faoliyatida qoidabuzarliklar aniqlanganligi oqibatida chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter