Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari haqida ma’lumot berdi

Markaziy bank aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari haqida ma’lumot berdi

Markaziy bank aholining joriy yil oktyabr oyidagi inflyatsion kutilmalari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, oktyabr oyida aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan pasayib, 12,8 foizga teng bo‘ldi. Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida valyuta kursi o‘zgarishi hamda kommunal xizmatlarning qimmatlashishini qayd etish oshgan bo‘lsa, ish haqi va nafaqalar oshishini omil sifatida belgilagan respondentlar ulushi kamaygan.

Aholining yuqori inflyatsion kutilmalari maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar ishlab chiqarish sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

Aholi inflyatsion kutilmalarining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent viloyatida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past inflyasion kutilmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan qayd etildi.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari esa o‘tgan oyga nisbatan sekinlashib, 12,0 foizni tashkil etdi.

Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida kommunal xizmatlar qimmatlashishi, ish haqi oshirlishi va soliq yukining yuqoriligini belgilagan tadbirkorlar ulushi kamaygan.

Tadbirkorlarning yuqori inflyatsion kutilmalari tashish xizmati sohasida faoliyat olib boradigan korxonalar tomonidan qayd etilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar qishloq xo‘jaligi sohasida kuzatildi.

Tadbirkorlik subyektlarining yuqori inflyatsion kutilmalari Navoiy viloyatida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past kutilmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar tomonidan qayd etildi.

Daromadlari 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari nisbatan yuqori darajada shakllandi. Ya’ni bunda 7-10 mln so‘m daromad qiluvchilarning 13,5 foizi kelgusidagi inflyatsiyani yaxshiroq his qilishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, 10-15 mln daromad oluvchilar bu borada 14,4 foizni, 15 mln so‘mdan yuqori daromadlilar esa 13,9 foizni tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring