O‘zbekistonda yangi tangalar muomalaga chiqariladi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki shu yilning 2-iyulidan boshlab ellik, yuz, ikki yuz va besh yuz so‘mlik tangalar chiqarilishini e’lon qildi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2001-2002, 2004 va 2009-yillarda chiqarilgan 50 hamda 100 so‘mlik tangalar 2019-yilning 1-iyuliga qadar hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinadi va bankka kelib tushgan ushbu tangalar qayta muomalaga chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi ko‘rinishda muomalaga chiqarilayotgan tangalar haqidagi batafsil ma’lumotni Markaziy bank rasmiy saytida olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter