Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marin Le Pen ikkinchi tur arafasida jiddiy zarbaga uchradi

Marin Le Pen ikkinchi tur arafasida jiddiy zarbaga uchradi

Foto: «Getty Images»

Fransiya prezidentligiga nomzod Marin Le Pen va uning tarafdorlari Yevropa parlamenti (YP)dan olingan mablag‘larni o‘zlashtirishda gumon qilinyapti. Ish prokuratura tomonidan tekshiruvga olingan, deyiladi DW xabarida.

Yevropa parlamenti endi ana shu yetkazilgan 617 ming yevro zararni undirib olmoqchi — Yevropa suiiste’molchilik va firibgarlikka qarshi kurash idorasiga murojaat qildi: mablag‘larni undirishga yaqin haftalarda kirishiladi, deyiladi AFP xabarida.

Parij prokuraturasiga mart oyida kelib tushgan hisobotga ko‘ra, Le Pen va uning jamoasi mandatlariga muvofiq siyosiy guruhlarga taqdim etiladigan pullardan shaxsiy maqsadlarda foydalanishgan. Bundan tashqari, siyosatchi 2004–2017-yillarda YP g‘aznasidan 137 ming yevroni o‘zlashtirganlikda gumondor. Mediapart portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yili Le Penning «Milliy birdamlik» partiyasi Lionda kongress o‘tkazish uchun merch (ruchka, bloknot, sumka va boshqalar) sotib olishga YeP g‘aznasidan 23 ming yevrodan ortiq xarj qilgan.

Le Penga qarshi kompromat 24-aprelga belgilangan prezidentlik saylovining ikkinchi turi arafasida qalqib chiqqani qiziq. Shundoq ham ikkinchi turda Marin Le Pen (birinchi turdan so‘ng 23,15 foiz ovoz olgan) va amaldagi prezident Emmanuel Makron (27,84 foiz) o‘rtasida Fransiyadagi eng katta lavozim uchun kurash ancha qaynoq kechishi kutilayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring