Mariana botig‘ida paket va konfet qog‘ozi topildi
Yerning eng chuqur nuqtasi — Tinch okeanining Mariana botig‘iga tushgan amerikalik tadqiqotchi Viktor Veskovo plastik qoldiqlarini topdi. Bu haqda Bi-bi-si yozmoqda.
Veskovo va uning jamoasi maxsus qurilmada besh marta okean tubiga tushdi. Natijasi chakki emas: qisqichbaqasimonlarning yangi to‘rt turi, pushtirang shilliqurt hamda... plastik paket va konfet qog‘ozlarini topishdi.
Endi ular yangi topilgan jonivorlarning organizmida mikroplastik zarralari bor-yo‘qligini aniqlashga urinib ko‘rishadi.
Darvoqe, shu tadqiqot davomida Veskovo sho‘ng‘ish bo‘yicha 10 928 metrlik yakkalik rekordni o‘rnatdi — bu oldingi rekorddan 16 metrga yaxshiroq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter