Marhumlarning kiyimidan o‘yinchoq tikadigan chevar — 25 foto
Boliviyada bir ayol vafot etgan qarindoshlarining kiyimidan buyurtma asosida o‘yinchoq tikadi va shu tariqa yaqinlariga ayriliq azobini yengishga yordam beradi, deb yozadi «Voredpanda».
Meri Makinnes odatda har bir o‘yinchoqni o‘ylab topib, tikish uchun taxminan olti soat vaqt sarflaydi. Buyurtmachining xohishiga qarab, chevar ayiqning orqa tomoniga xat va esdalik sovg‘alar solish uchun cho‘ntak tikib berishi mumkin.
«Kimdir o‘z farzandlari yoki vafot etgan yaqinlari xotirasini shu tariqa saqlamoqchi bo‘ladi. Ba’zan bu o‘yinchoqlar bir umrga tark etgan yaqin odamining o‘rnini bildirmay turishga ko‘maklashadi», — deya izohlaydi chevar Meri Makinnes.
Ba’zi odamlar o‘zlarining yoqtirgan uy hayvonlarining buyumlaridan o‘yinchoqlar tikib berishni so‘raydi. Meri ularning ham iltimosini yerda qoldirmaslikka harakat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter