Marhamat tumani IIB va MIB boshliqlari mushtlashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Marhamat tumanida tuman hokimi Bobur Yo‘ldoshev ko‘zi o‘ngida tuman IIB boshlig‘i va tuman MIB boshlig‘i o‘zaro mushtlashgani haqida xabarlar tarqalgan.
Majburiy ijro byurosining Andijon viloyati boshqarmasi holat bo‘yicha munosabat bergan. Aniqlanishicha, 11 iyun kuni tuman hokimi B.Yo‘ldoshev Marhamat tumanida sanoat korxonalari uchun mo‘ljallangan yangi sanoat zonasi hududida aholi murojaatlari uchun sayyor qabul tashkil etgan.
Sayyor qabul jarayonida tuman IIB va Byuroning Marhamat tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan va tadbir yakuniga qadar o‘zaro kelishib olishgani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter