Marg‘ilonga «Jahon ipak va hunarmandlar shahri» maqomi berildi.
Marg‘ilonda «Atlas bayrami» V xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YuNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Marg‘ilon shahar hokimligi va Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi tomonidan tashkillashtirilgan.
Festivalning ochilish marosimida Butunjahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy Marg‘ilon shahrining Jahon hunarmandchilik kengashi tarmog‘iga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikatni Marg‘ilon shahar hokimi Adham Ziyovuddinovga topshirdi.
Ma’lumot uchun, festival 22 oktyabrga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter