Maradonaning mashhur to‘pi kimoshdiga qo‘yildi (video)
Argentinalik futbol afsonasi Diyego Maradona 1986-yilgi jahon chempionatida Angliya darvozasiga qo‘li bilan kiritgan to‘p 16 noyabr kuni kimoshdida sotiladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
«Maradona to‘pi»ning boshlang‘ich narxi — 2,5–3 mln funt sterling atrofida.
36 yil avval JCh ¼ finalida «Maradona va kompaniya» inglizlarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan. Dublni rasmiylashtirgan Maradona gollarining bittasini qo‘li bilan urgandi.
O‘sha yili Argentina finalda Germaniyani 3:2 hisobida yengib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Maradona turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Qizig‘i, Argentina-Angliya o‘yiniga hakamlik qilib, Maradonaning golini hisobga olgan hakam Ali bin Nasr — kimoshdiga qo‘yilayotgan to‘pning egasi.
Shu paytgacha eng qimmat futbol to‘pi 78 808 dollarga sotilgan. Uni 2010-yilgi jahon chempionati finalida Niderlandiya ustidan g‘alaba qozonilganidan so‘ng ispan muxlislari sotib olishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter