Uch karra jahon chempioni Mao Asada marafonda qatnashdi

Mao Asada navbatdagi g‘alabasini nishonlamoqda
Figurali uchish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori va uch karra jahon chempioni yaponiyalik Mao Asada Gavayi orolida o‘tkazilgan marafonda ishtirok etdi.
Sportchi bu masofani 4 soat 30 daqiqada bosib o‘tishga harakat qildi. Biroq Mao finishga belgilangan vaqtdan 4 daqiqa kech keldi. Ammo bu avvalgi natijadan 30 daqiqaga yaxshiroqdir.
Eslatib o‘tamiz, Mao Asada 2013 yilda ham Gonolulu shahrida bo‘lib o‘tgan marafonda ishtirok etib, ushbu masofani 5 soatda bosib o‘tgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter