Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manyak» kampir og‘ir dardga chalinib olamdan o‘tdi

«Manyak» kampir og‘ir dardga chalinib olamdan o‘tdi

Foto: «Lentka.com»

Bir qator qotilliklarda ayblangan Rossiyaning Berezovka (Xabarovsk o‘lkasi) qishlog‘ida yashovchi nafaqaxo‘r Sofya Jukova COVID-19ga chalinib, 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Komsomolskaya Pravda» xabar berdi.

Nafaqaxo‘r 2019-yilda qotillikda gumon qilingan. O‘shanda Berezovka qishlog‘idagi issiqlik trassasi yonida odamning kesilgan qo‘li topilgan. Ko‘p o‘tmay u Jukovaning uyida bir xonani ijaraga olgan ukrainalik xizmatkorga tegishli ekanligi aniqlangan. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari keksa ayolning uyiga kelganlarida pichoq, arra, qon izlari kabi bir qator dalillarni topishgan.

Gumonlanuvchi hibsga olingan. Ko‘p o‘tmay u ijarachini o‘ldirganligini tan olgan. Keyinchalik Jukova tergovchilarga 2005-yilning dekabr oyida sakkiz yoshli qizchani o‘ldirganini aytdi: uning qotilligi ochilmay qolib ketgandi. Qamoqxonada nafaqaxo‘r yana bir qotilligiga iqror bo‘ldi — dugonasining ham umriga zomin bo‘lgan ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat 2013-yil aprel oyida sodir etilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Jukova barcha qurbonlarini bolta bilan o‘ldirgan va qismlarga ajratgan.

Nashrning yozishicha, Jukova 2020-yil 29-dekabrda Xabarovsk shahar 10-sonli shifoxonasida koronavirus tufayli kelib chiqqan asoratlardan vafot etdi. Sud hukm chiqarishga ulgurmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring