«Mansabdorga pora berilgan» — Buxoroda yerni pullashga uringan firibgarlar ushlandi
Buxoro viloyatida noqonuniy yer oldi-sotdi harakati bo‘yicha qilingan murojaatga asosan viloyat IIB, prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro S.S. va fuqaro A.Sh. Buxoro tumani «Bog‘dasht» mahallasida joylashgan, fuqaro Sh.A.ga tegishli issiqxona qurilishi uchun ajratilgan 2 gektar yer maydonining bo‘sh qismini 8 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Gumonlanuvchi shaxslar kelishilgan pullardan 4 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat holat yuzasidan S.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga qasd qilish), 168-moddasi 2-qismi “a” (ancha miqdorda firibgarlik) bandi va 28-moddasi (jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi 1-qismi (pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ochilgan jinoyat ishidan ko‘rinib turibdiki, firibgarlar o‘z ishini bitirish uchun mansabdor shaxsga pora berishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter