Mansabdor shaxslarning jinoyatidan davlatga qancha zarar yetgani ma’lum qilindi
2022-yil davomida respublika bo‘yicha jami 2 965 ta jinoyat ishi bo‘yicha 3 116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishisa, jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.
Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 2103 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 265 nafari mansab mavqeyini suiiste’mol qilish, 243 nafari firibgarlik, 169 nafari poraxo‘rlik, 51 nafari mansab soxtakorligi, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 249 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.
Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd so‘mi undirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter