«Manchester Siti» ilk bor YChL finaliga chiqdi. «PSJ» ojiz qoldi

Yevropa Chempionlar Ligasining yarim finalida «Manchester Siti» va «PSJ» jamoalari javob uchrashuvini o‘tkazishdi. Parijda kechgan birinchi uchrashuvda manchesterliklar 2:1 hisobida g‘alaba bilan qaytgandi.
Javob bahsida Pep Gvardiola shogirdlari Mahrezning ikki goli hisobiga yana g‘alaba qozonishdi. Bu «Manchester Siti»ga o‘z tarixida ilk bor YeChL finali yo‘llanmasini taqdim etdi.
Manchester Siti — PSJ 2:0
Gollar: Mahrez (11, 63).
Manchester Siti - Ederson, Uoker, Diash, Stounz, Zinchenko, Fernandino, Gundo‘g‘an, Silva (Sterling, 82), Mahrez, Foden (Aguero, 85), de Bryuyne (Jezus, 82).
PSJ - Navas, Florensi (Dagba, 75), Markinos, Kimpembe, Diallo (Bakker, 82), Paredes (Danilu, 75), Errera (Draksler, 62), Verratti, Di Mariya, Neymar, Ikardi (Ken, 62).
Ogohlantirishlar: Errera (22), Verratti (71), Zinchenko (72), de Bryuyne (74), Kimpembe (87), Danilu (89).
Chetlatish: Di Mariya (69).
Ikkinchi finalchi ertaga «Chelsi» — «Real» juftligi bahsida aniqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter