Malida uch kunlik motam e’lon qilindi
Mali hukumati mamlakat sharqida jangarilar hujumi oqibatida 42 nafar harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi.
Qurolli to‘qnashuvda harbiylar 37 nafar jangarini yo‘q qilishgan.
Halok bo‘lgan harbiylar xotirasiga Malida uch kunlik motam e’lon qilindi.
Jangarilar bilan to‘qnashuv 7-avgust kuni Tessit shahri yaqinida yuz bergandi. Ushbu shahar Burkina-Faso va Niger bilan chegara yaqinida joylashgan.
Malidagi bosh shtab qurolli hujum ortida «Katta Sahroi Kabir Islom davlati» jihodchilari turganini gumon qilmoqda. Jangarilar uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar, granatomyotlar hamda portlovchi moddalar joylangan avtomashinalar yordamida hujum uyushtirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter