Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni rejalashtiryapti

Malayziya aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni rejalashtiryapti

Turizm qo‘mitasida «AirAsia X» aviakompaniyasi raisi Datuk Kamaruddin Meranun va kompaniya direktori Benyamin Ismoil boshchiligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm salohiyatini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Tomonlar joriy yilning oktyabr oyidan boshlab haftasiga uch marta amalga oshirilishi mo‘ljallangan Kuala-Lumpur - Toshkent - Kuala-Lumpur yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, hamkorlikni kengaytirish va uchinchi mamlakatlarga bog‘lovchi parvozlarni tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv qatnashchilari Malayziyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xususan «Umra+» dasturi doirasida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Muhokamada O‘zbekiston turoperatorlari vakillari ham ishtirok etdi.

Malayziya tomoni ta’kidlaganidek, O‘zbekiston o‘zining tarixiy merosi va diniy an’analari tufayli malayziyalik sayyohlar orasida tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otmoqda. Aholisining aksariyati musulmonlardan iborat bo‘lgan Malayziya O‘zbekistonni nafaqat madaniy yo‘nalish, balki ziyorat marshrutlarining muhim qismi sifatida ham ko‘rmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring