Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda «tashvish tugmalari» o‘rnatiladi

Maktablarda «tashvish tugmalari» o‘rnatiladi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (930-son, 21.11.2019-y.) bilan Milliy gvardiyaning qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan ob’yektlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, Milliy gvardiya manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar tasdiqlangan ro‘yxatga asosan ob’yektlarni bosqichma-bosqich qabul qilib oladi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi.

Qarorga muvofiq, maktablar va diniy tashkilotlarning ob’yektlari «tashvish tugmalari» bilan jihozlanadi.

Banklar va ular filiallarining qo‘riqlanishini tashkil etish shartlari Milliy gvardiya va Markaziy bank birgalikda tasdiqlagan qoidalarga asosan belgilanadi.

Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bo‘linmalari tomonidan ob’yektlarni qo‘riqlash bilan bir qatorda tranzit yuklarni, transportdagi moddiy boyliklarni, portlovchi, radioaktiv (zaharli) va boshqa vositalarni qurolli qo‘riqlash-kuzatish amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga va tadbirkorlarga tegishli ob’yektlar ularning ixtiyoriga ko‘ra tuzilgan shartnomalarga asosan qo‘riqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring