Maktablarda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar miqdori ochiqlandi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-2022-o‘quv yili boshiga respublikamizdagi umumta’lim muassasalarida jami 510 046 nafar o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Jami o‘qituvchilarning 53,1 foizi qishloq maktablarida va 46,9 foizi shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami o‘qituvchilarning:
— o‘rta maxsus ma’lumotlilar – 9,9 foiz;
— oliy ma’lumotlilar – 90,1 foiz.
Qayd etish kerakki, respublikamizda umumta’lim muassasalarida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter