Maktablarda elektron jurnal va kundaliklar joriy qilinadi
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Rossiyaning «Dnevnik.ru» kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshiradilar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Dnevnik.ru» – Rossiyada mashhur onlayn platforma bo‘lib, u maktablar bilan hamkorlikda bolalarning o‘zlashtirish natijalarini, davomatini va boshqa ko‘rsatkichlarini onlayn tarzda nazorat qilish imkoniyatini beradi.
«Dnevnik.ru»ning O‘zbekistondagi vakili – «Kundalik» kompaniyasi barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olgan.
«Kundalik» raqamli ta’lim platformasi Rossiya maktablarida joriy etilgan «Dnevnik.ru» axborot tizimi asosida ishlab chiqiladi.
Tizim onlayn tarzda o‘qituvchilarni darslarni rejalashtirish, dars jadvallarini tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va davomatini elektron jurnal va kundaliklarda qayd etib borish, o‘quvchilarning ota-onalariga 24 soat davomida baholar va uy vazifalari haqidagi ma’lumotlarni kuzatib borish, shuningdek, ta’lim boshqaruv organlari va muassasalarga statistik hisobotlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Shu bilan birga, ular himoyalangan ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishlari hamda onlayn kutubxona va ta’limga oid media resurslardan foydalanishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter