Maktab o‘quvchisi klubdagi janjal qurboni bo‘ldi — IIBB
Internet tarmog‘ida 17 yoshli o‘quvchining vafoti to‘g‘risida xabar tarqaldi. Mazkur fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 17 aprel kuni taxminan soat 18.00da Sergeli tumanida joylashgan internet klublarning birida 18 yoshli X. S. hamda 17 yoshli maktab o‘quvchisi I.Sh. o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Kelishmovchilik natijasida X. S. voyaga yetmagan I.Sh. ga tan jarohati yetkazgan. Yetkazilgan tan jarohati oqibatida o‘smir kasalxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi («Qasddan badanga ogir shikast yetkazish») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi ushlangan, tergov davom etmoqda, deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter