Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchilari 1,5 ming AQSh dollarigacha pul mukofotini qo‘lga kiritishdi

Maktab o‘quvchilari 1,5 ming AQSh dollarigacha pul mukofotini qo‘lga kiritishdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park hamda Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda o‘tkazilgan «Bir million o‘zbek dasturchilari» (One million uzbek coders) tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 nafar g‘oliblarning 4 nafari umumta’lim maktabi o‘quvchilarini tashkil etdi:

  1. Abdumalik Qambarov – Navoiy v. Karmana t. 8-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi – 1500 $
  2. Acadbek Ruziyev – Toshkent sh. M.Ulug‘bek t. 225-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi– 500 $
  3. Mabrurbek Hayitboyev – Andijon v. Bo‘ston t. 26-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi – 500 $
  4. Jahongir Mannopov – Jizzax v. Do‘stlik t. 2-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvchisi – 500 $.

Ishtirokchilar IT va yangi texnologiyalar bo‘yicha tashabbuskorligi, boshqa ishtirokchilarni ruhlantirish, ularga platformadan foydalanishda va o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda loyihaning telegram guruhlarida hamda ijtimoiy tarmoqlarida yordamiga ko‘ra baholandi.

Shuningdek, baholash jarayonida ishtirokchilarning onlayn kanallardagi faoliyati, ya’ni xabarlarning sifati bo‘yicha hamda o‘zbek tilida yozilgan maqolalarining o‘ziga xosligi, loyiha maqsadiga muvofiqligi, foydaliligi, dolzarbligi, imlosi va tuzilishiga e’tibor qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring