Maktab darsliklari ijarasi narxlari e’lon qilindi
«Huquqiy axborot» kanali xabariga ko‘ra, darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori respublika bo‘yicha yagona bo‘lib, uning narxlari 2019/2020-o‘quv yili uchun quyidagicha belgilangan:
- umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun – bepul;
- 2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 23 200 so‘mni;
- 3-sinflar uchun 10 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 25 800 so‘mni;
- 4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 18 300 so‘mni;
- 5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 13 000 so‘mni;
- 6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 15 800 so‘mni;
- 7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 20 000 so‘mni;
- 8-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 40 700 so‘mni;
- 9-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 38 500 so‘mni;
- 10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 27 200 so‘mni;
- 11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 34 700 so‘mni tashkil qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter