Makronning joriy yilda O‘zbekistonga tashrifi kutilyapti
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning joriy yilda O‘zbekistonga tashrifi kutilyapti. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga tayanib Newshub.uz yozmoqda.
«Fransiya prezidenti Makronning bu yil O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi uchun ikki mamlakat hukumatlarining sa’y-harakatlari talab etiladi», deydi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil yozida Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida 14 ta hujjat imzolangan, qiymati 6 milliard yevrodan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat munosabatlarini yuqori darajadagi har tomonlama sheriklik darajasiga olib chiqishga kelishib olishgan va tashrif so‘nggida Mirziyoyev Makronni ham O‘zbekistonga taklif qilgan edi.
Wikipedia’dagi ma’lumotga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashrifi davomida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekistonga Vengriya prezidenti Katalin Novak, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Singapur bosh vaziri Li Syan Lun va Singapur prezidenti Halima Yoqubning tashriflari rejada bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter