Makron musulmonlarga javob qaytardi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron «Al-Jazira» telekanaliga bergan intervyusida fransuz matbuotida e’lon qilingan karikaturalarga nisbatan musulmonlarning tuyg‘ularini tushunishini, ammo bu karikaturalarni chop etgan nashr ortida hukumat emas, balki mustaqil OAVlar turganini aytdi.
Makron, shuningdek, uning avvalgi nutqini «noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytib, islomni buzib ko‘rsatuvchilarning xatti-harakatlaridan ko‘proq musulmonlar aziyat chekishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron bergan bayonotdan so‘ng unga nisbatan islom dunyosida keskin munosabat yuzaga keldi, ayrim musulmon davlatlari fransuz tovarlariga boykot e’lon qila boshlashdi. Mamlakatda bir qancha xunrezliklar amalga oshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter