London musulmonlarni himoyalashni kuchaytiradi
Britaniya hukumati Angliya va Uelsda musumonlar jamiyatini himoyalashni kuchaytirish va xavfsizligini ta’minlashga 117 mln funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ ajratdi.
Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, to‘rt yillik ushbu moliyalashtirish evaziga masjidlar, musulmonlar yig‘iladigan muassalar va diniy maktablar kuzatuv kameralari, signalizatsiya tizimlari va himoya to‘siqlari bilan ta’minlanadi.
Isroil va G‘azo sektorini nazorat qilayotgan HAMAS o‘rtasida boshlangan urushdan so‘ng, Yaqin Sharqdagi voqealardan ayrimlar ham musulmonlar, ham yahudiylar jamiyatlariga hujum qilishga bahona sifatida foydalanayotgani tashvishli holat, deya bayonot berdi vazirlik.
Ichki ishlar vazirligi himoyalov choralarini kuchaytirishga sarflanadigan mablag‘larning taqsimlanishi har ikki din vakillari foydalanuvidagi muassalar sonidan kelib chiqib belgilanishini ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Angliya va Uelsda musulmonlar soni yahudiylarga qaraganda 14 baravar ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter