Majburiy ijro byurosida «Aliment to‘lovlari» jamg‘armasi tashkil etiladi
Bugun o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev e’tiborni yana bir muhim va o‘ta dolzarb masalaga qaratdi.
Bugungi kunda 290 mingdan ziyod otalarga farzandlari uchun aliment to‘lash yuklangan.
Lekin, ularning 172 ming nafari o‘z farzandi oldidagi majburiyatini bajarishdan bosh tortib kelmoqda.
«Oqibatda aliment bo‘yicha qarzdorlik 115 milliard so‘mdan oshib ketgan. Har bir viloyat hokimi o‘z raqamlarini biladi.
Shu bois 2021-yili Xalq qabulxonalariga aliment bilan bog‘liq 70 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
Bu borada Majburiy ijro byurosining faoliyati qoniqarsiz.
Endi aliment to‘lovlarini kafolatli ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi», — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.
2022-yil 1-iyuldan Majburiy ijro byurosida «Aliment to‘lovlari» jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab 50 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Mazkur mablag‘lar uch oy ichida undirish imkoni bo‘lmagan alimentlarni to‘lashga ajratiladi va keyinchalik byuro tomonidan undirib olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter