Mahalladagi qizlarning oldiga kelgan yigitni «yechintirib ketishdi»
2021-yil 18-aprel kuni soat 19:30 larda 21 yoshli M.Ahliddin va T.Ismoiljonlar Farg‘ona viloyati Rishton tumani Chek Nasriddin mahallasiga tanishining oldiga kelgan 22 yoshli T.Javlonbekni «mahalladagi qizlarning oldiga nega kelding?» deb, uni hech bir sababsiz yuziga urgan, hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, egnidagi jami narxi 200 000 so‘mlik kurtkasi va bir juft oyoq kiyimi, narxi 1 000 000 so‘mlik telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida M.Ahliddin va T.Ismoiljonlar protsessual tartibda ushlanib, ulardan kurtka, bir juft erkaklar oyoq kiyimi va bir dona telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan M.Ahliddin va T.Ismoiljonlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter