Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqish topshirildi

Mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqish topshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yil boshidan hududlarda budjetga tushum 26 foizga o‘sdi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda o‘sish respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga ham chiqmadi.

Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy budjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

«Bu 1 so‘m soliq yig‘ish uchun 2 so‘m resurs sarflash bilan barobar emasmi?

Aslida, Soliq qo‘mitasi rahbariyati, viloyat, tuman soliq rahbarlari televideniye, gazeta, ijtimoiy tarmoqlarda chiqib, soliq to‘lash majburiyat emas, konstitutsiyaviy burch ekanini tushuntirsa, soliqlarni odamlarni o‘zi to‘lab qo‘yadiku!

Agar mahalladagi soliqchi bunga ketgan vaqtini soliq bazasini kengaytirishga sarflasa, tushum karra-karra oshadi», — dedi Prezident.

Mutasaddilarga mahallada yer, mol-mulk, suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmini ishlab chiqish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring