Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xayriya pulini talon-toroj qilgan hokim o‘rinbosari va fond hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Xayriya pulini talon-toroj qilgan hokim o‘rinbosari va fond hisobchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto:«Xabar.uz»

Oqqo‘rg‘on tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.A. va tuman «Mahalla» xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N.lar oldindan o‘zaro til biriktirgan. 

Ular tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Mahalla» xayriya jamoat fondiga hamda 2020-yilda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln. so‘m pullarni o‘zlashtirishgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Shu bilan birga, 2020 yilda «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘lardan 44 mln. so‘mni maqsadsiz sarflab, rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 16 may Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring