Mahalla raisiga maoshlarni tasdiqlash vakolati berilmoqda
«Mahalla yettiligi» ishini birgalikda tashkil qilishda mahalla raislarining vakolatlari kengaytiriladi.
Bu haqda prezident yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliqchi va ijtimoiy xodimning oylik ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, mahalla raisi «yettilik»ni rag‘batlantirish yoki ularga intizomiy jazo choralarini tayinlash bo‘yicha ularning yuqori idorasiga taqdimnoma kiritish vakolatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mahalla «yettiligi»ning vazifalari belgilangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter