Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Magnit bo‘ronlari vaqtidagi muhim tavsiyalar e’lon qilindi

Magnit bo‘ronlari vaqtidagi muhim tavsiyalar e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Bugun yurtimizda G3 darajalik 4 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilishi xabar qilingandi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu borada quyidagi tavsiyalarni berdi:

Magnit bo‘ronidan arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.

Bu holat organizmda tashqi stresslarga chidamlilikni ta’minlaydigan melatonin moddasi ishlab chiqarilishining kamayishi bilan izohlanadi.

Qolaversa, magnit bo‘roni bronxial astma bilan og‘rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan.

Shunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim.

Ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan ne’matlardan iste’mol qilish zarur.

Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish hamda yog‘li, achchiq, sho‘r taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi.

Tinchlantiruvchi xususiyatga ega choylardan ichish ham maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, mutaxassislar ortiqcha zo‘riqtiruvchi ishlar va mashg‘ulotlar bilan vaqtincha shug‘ullanmaslikni maslahat berishadi.

Surunkali kasalliklarga chalinganlar esa o‘zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.

Kun davomida bir necha marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring