MAGATE direktori Rossiya va Ukrainaga: «Kelinglar, muzokaralarni Chernobilda o‘tkazamiz»
Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) direktori Rafael Mariano Grossi rossiyaliklar va ukrainaliklar vakillarini Chernobilga taklif qildi.
Grossi Rossiya harbiylari Zaproje AES (ZAES)ni o‘qqa tutib, egallab olganidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini aytdi.
«Zaporojedagi atom elektr stansiyasi bo‘yicha vaziyat hozir o‘ta qaltis. Atom ob’yektlarini boshqarishning yetti tamoyili bor, ulardan eng birinchisi — AESning (ZAES — tahr.) jisman butunligiga shikast yetkazilgan.
«Haliyam omadimiz keldi, radiatsiya tarqalishi qayd etilmadi, reaktorlar, stansiyadan farqli o‘laroq, butun qoldi», — dedi Grossi.
MAGATE rahbari sifatidagi burchim avval barcha imzolangan hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlash, tomonlarni muzokaralar orqali yagona to‘xtamga keltirishdan iborat.
Safar oson bo‘lmaydi, lekin uddalash mumkin. Rossiya va Ukraina tomoniga taklif yubordik, ular ko‘rib chiqishyapti, ta’kidladi agentlik direktori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter