Maduro AQShga 48 soat muhlat berdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQShning Karakasdagi elchisi Todd Robinsonga mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat berdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Maduro televideniyega intervyu bera turib Robinson va uning muovini Brian Narajoga Venesuela hukumatiga qarshi fitna uyushtirgani sababli mamlakatdan chiqib ketish uchun 48 soat muhlat berdi.
Maduroning bu so‘zlariga AQSh tomonidan hanuz biror munosabat bildirilmadi.
AQSh tashqi ishlar vaziri Mayk Pompeo Venesuelada saylov qonunga zid tarzda o‘tkazilganini ta’kidlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter